1-noyabrdan kamarni xususiy kameralar ham kuzatadi. Bilishingiz kerak boʻlganlar

Orqada ham kamar taqiladi

Kamar taqmadingizmi - kamera buni koʻradi. 2026-yil 1-noyabrdan kamar bilan bogʻliq qoidabuzarliklarni nafaqat davlat, balki xususiy kameralar ham qayd etishi mumkin. Bu - Vazirlar Mahkamasi qarori.

Xususiy kompaniyalarga bu nima uchun kerak? Dastlabki ikki yil ular har bir toʻlangan jarimaning yarmini oladi, keyin - chorak qismini.

Xato qancha turadi?

  • Jarima - 220 000 soʻm (BHMning yarmi).
  • 15 kun ichida toʻlasangiz - ikki baravar kam, 110 000 soʻm.

Qonunda nima deyilgan. kamarsiz yurish uchun - ogohlantirish yoki BHMning yarmi miqdorida jarima (MJtK, 125-modda).

Kim kamar taqishi shart?

Haydovchi va barcha yoʻlovchilar - oldinda ham, orqada ham, agar avtomobilda kamar boʻlsa. «Orqada kamarsiz mumkin» - bu afsona.

Jarimani kim toʻlaydi?

Haydovchi. Shuning uchun yoʻlga chiqishdan oldin hamma kamar taqqaniga ishonch hosil qiling.

Istisnolar bormi?

Ha, lekin kam: masalan, rulda oʻquvchi boʻlganda instruktor yoki sogʻligʻi kamar taqishga imkon bermaydigan yoʻlovchi - maʼlumotnoma bilan.

Oʻtirdingizmi - kamarni taqing. Uch soniya - va hech qanday jarima yoʻq.

MJtK, 125-modda · Vazirlar Mahkamasining 596-son qarori, 29.10.2026